Joriy yilning 13-fevral kuni Çilonzor tumani 103-sonli umumiy örta ta’lim maktabida söz mulkining sultoni, mutafakkir Mir Alişer Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda şoh va şoir, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Nazm va navo" ma’naviy-ma’rifiy keçasi ötkazildi. Mumtoz musiqa san’atimiz rivojida Navoiy va Bobur ijodiy merosi öziga xos örin tutadi. Ularning betakror ğazallari bilan kuylanuvçi musiqiy asarlar san’at muxlislarining köngil mulkiga aylangan. Ayni paytda mazkur musiqiy asarlar mukammalligi, betakrorligi, teran va yuksak badiiy-falsafiy ruhi bilan ham qadrlidir.
Buyuk ajdodlarimiz sözlariga bastalangan badiiy barkamol qöşiqlar tinglovçilarning estetik didini yuksaltiriş, musiqiy saviyasini oşiriş, ona tilimizga yanada köproq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bölişda öziga xos örin tutadi. Nazm va navo keçasida tadbir iştirokçilari tomonidan çin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvçi qöşiqlar, jozibali raqslar ijro etildi.
Keçada 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoeografiya va an’anaviy xonandalik bölimlari öqituvçilari faol iştirok etişdi.