Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarligida vazirlik tizimida byudjet mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş holati muhokama qilingan keng qamrovli yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Hisob palatasi mas’ullari, vazirlikning markaziy apparati, quyi tuzilma va tizim taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, boş hisobçilar iştirok etdilar.
Tadbirda Hisob palatasining yetakçi inspektori Elmurod Saparov tomonidan 2025-yilda byudjet mablağlaridan foydalaniş jarayonida yöl qöyilgan kamçiliklar tahlil qilinib, kelgusida maqsadsiz va samarasiz xarajatlarga yöl qöymaslik, mablağlar manzilliligi va natijadorligini ta’minlaş çoralari muhokama qilindi. Şuningdek, 2026-yil uçun xarajatlar smetasini amaldagi me’yoriy hujjatlarga qat’iy muvofiq holda işlab çiqiş, moliyaviy intizomni mustahkamlaş va xavf omillarini öz vaqtida bartaraf etiş vazifalari belgilab olindi.
Yiğiliş jarayonida hisobotlar eşitildi, tizim taşkilotlarining faoliyatida kuzatilayotgan moliyaviy intizomsizlik, hujjat aylanmasidagi sustkaşlik hamda hisobotlardagi noaniqliklar keskin tanqid qilindi. Mazkur kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.