Har bir xalqda öz hayotini rang-barang, hissiy jihatdan boy qiliş istagi odamlar hayotini bezatgan, yangi hayotga umid baxş etadigan turli bayramlar, marosimlar, urf-odatlarlar xizmat qilgan. Tabiatning yangilanişi, yangi kun paydo bölişi ramzi bölgan, bahorgi tengkunlik kunida nişonlanadigan Navröz asrlar qa’ridan bizgaça yetib kelgan ana şunday umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga öz munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil böliş, bağrikenglik, döstlik va hamjihatlik uşbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini özida mujassam etganini alohida ta’kidlaş lozim. Bu yuksak fazilatlar bugungi kunda yanada çuqur ma’no va ahamiyat kasb etmoqda.
Çilonzor tumani 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Navröz bayrami uşbu yilda kötaringki ruhda ötkazildi. Maktabda faoliyat yuritayotgan barça yönalişlarning iqtidorli öquvçilari öz çiqişlari bilan tadbirga fayz kiritdi.