Çilonzor tumani 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarorini mamnuniyat bilan qarşi oladi.
Mazkur hujjat badiiy ta’lim tizimini yanada rivojlantiriş va uning yagona yönalişini mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi .
Asosiy özgarişlar:
Ta’lim dasturlari kengaytirildi — örta maxsus va oliy ta’lim bilan uzviylik kuçaytirildi;
Qabul yoşi qayta körib çiqildi — bolalar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratildi;
Apellyatsiya komissiyasi joriy etildi — murojaatlarni körib çiqiş tartibi aniq belgilandi;
Bitiruv guvohnomasining maqomi kuçaytirildi;
Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oşiriş tartibi belgilandi;
Rahbarlar uçun mehnat ta’tili 56 kalendar kungaça uzaytirildi.
Direktor örinbosarlari lavozimlari va tayinlaş tartibi aniqlaştirildi.
Uşbu özgarişlar ta’lim sifatini oşiriş, pedagoglarni qöllab-quvvatlaş va öquvçilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, Özbeliston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldan “Madaniyat va san’at sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş hamda xususiy sektor iştirokini rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-150-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablariga öquvçilar musiqa yönalişida 5-sinfdan;
raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at yönalişlarida 9-sinfdan qabul qilinadi;
ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvçilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida öqituvçilik bilan şuğullaniş huquqi beriladi;
bolalar musiqa va san’at maktablari davlat-xususiy şeriklik asosida rivojlantiriladi;
Qarorda şuningdek, soha rivoji uçun köplab muhim vazifalar belgilangan.
