Öquvçilarning tarixiy bilimlarini boyitiş, ularda milliy tariximiz va madaniy merosimizga hurmat tuyğusini mustahkamlaş maqsadida joriy yilning 20-oktyabr kuni fortepiano bölimi öqituvçisi Karomatova Sitorabonu, estrada xonandalik bölimi öqituvçisi Axmadjonova Farzona va Qarşiyeva Sabina öquvçilar bilan birgalikda Özbekiston tarixi davlat muzeyiga taşrif buyurdilar.
Ekskursiya davomida öquvçilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanişib, yurtimizning qadimiy tarixi, turli tarixiy davrlarda xalqimiz hayotida yuz bergan muhim voqealar, ajdodlarimizning turmuş tarzi, urf-odatlari va boy madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega böldilar. Muzeyda namoyiş etilgan tarixiy eksponatlar, arxeologik topilmalar va madaniy yodgorliklar öquvçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Ta’kidlaş joizki, muzeylar nafaqat tarixiy aşyolar saqlanadigan maskan, balki yoş avlodning ma’naviy dunyoqaraşini şakllantiruvçi, ularni Vatanga muhabbat, milliy özlikni anglaş va ajdodlar merosiga ehtirom ruhida tarbiyalovçi muhim ma’rifat öçoqlaridir. Muzeylarga uyuştiriladigan bunday ekskursiyalar öquvçilarning nazariy bilimlarini hayotiy taassurotlar bilan boyitib, tarixni yanada çuqurroq anglaşlariga xizmat qiladi.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yoş avlodning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda öz tarixiga daxldorlik va milliy ğurur tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.