Maktab yangiliklari

Texnik sinov va bitiruvçilarning ilk eşituvi bölib ötdi

Joriy yilning 30-oktyabr kuni xalq çolğulari bölimi gitara sinfida birinçi yarim yillik texnik sinov hamda bitiruvçi öquvçilarning birinçi eşituvi bölib ötdi.

Texnik sinov davomida öquvçilarning yarim yillik ta’lim jarayonida egallagan ijroçilik mahorati, texnik tayyorgarligi, çolğuni boşqariş könikmalari, ijro aniqligi hamda musiqiy asarlarni talab darajasida bajariş qobiliyatlari namoyon etildi.

Şuningdek, bitiruvçi öquvçilarning ilk eşituvi taşkil etilib, ularning yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik darajasi, tanlangan repertuari va ijroçilik imkoniyatlari körib çiqildi. Eşituv davomida öquvçilarning ijrosiga e’tibor qaratilib, kelgusidagi tayyorgarlik jarayonida yanada takomillaştirilişi lozim bölgan jihatlar yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.

Bunday sinov va eşituvlar öquvçilarning bilim va könikmalarini muntazam nazorat qiliş, ijroçilik mahoratini oşiriş, sahna madaniyatini şakllantiriş hamda kelajakdagi imtihonlarga puxta tayyorgarlik körişida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur jarayonni taşkil etiş va ötkazişda mas’ul pedagoglar D. V. Traşkov, I. M. Ismoilova va M. Sufiyev iştirok etdilar.